TOShKENT, 13-may – Sputnik. Bugun Indoneziyaning uchta cherkovida teraktlar yuz berdi, deb xabar qilmoqda The Straits Times gazetasi.
“Bugun, yakshanba kuni Sharqiy Yava provinsiyasi, Surabaya shahrida joylashgan uchta cherkov oldida portlashlar yuz berdi. Buning oqibatida kamida 11 kishi qurbon bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi”, — deyilgan politsiya xabarda.
Terrorchi hujumlari Indoneziyaning ikkinchi yirik shahrida joylashgan Santa Mariya, Pentakostal va GKAy Dipponegoro cherkovlari oldida yuz bergan.
Politsiya xabarida aytilishiga qaraganda 41 kishi trli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Jarohatlanganlarning ikki nafari cherkovlarni qo‘riqlayotgan politsiya ofitserlari bo‘lgan.
Ushbu hujumlarni amalga oshirishda terrorchilar motosikllar va avtomobildan foydalanishgan. To‘rtinchi cherkovga uyushtirish rejalashtirayotgan to‘rt nafar Sharqiy Yava provinsiyasida yashirincha faoliyat yuritayotgan “JAD” guruhi a’zolari yo‘q qilingan, portlovchi moslamalar zararsizlantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziya aholisining 86% musulmon, 8 % nasroniy va 5% buddist va induist dinlariga mansubdir. Mamlakat tarixida eng yirik terakt 2002-yilda Bali orolida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda tungi klub oldida yuz bergan portlashlarda 202 kishi qurbon bo‘lgan ulardan 167 nafari xorijiy fuqarolar edi.