Komil Allamjonov Vashingtonda matbuot markazi tashkil etilgani haqida xabar berdi

Bu markaz prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifini keng va tezkor yoritishda jurnalistlarga ko‘maklashadi
Sputnik

TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjono Vashington shahrida matbuot-markazi tashkil etilganini ma’lum qildi.

"Prezident matbuot xizmati Vashington shahrida matbuot markazi tashkil etdi. Bu markaz Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifini keng va tezkor yoritishda jurnalistlarga ko‘maklashadi. Bu yerda zarur ma’lumotlar tarqatilib, tashrif natijalari bo‘yicha matbuot anjumanlari o‘tkazib boriladi", — deb yozgan Allamjonov o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

Shuningdek, Mirziyoyev tashrifining rasmiy xeshtegi #UzbUSA2018 qabul qilingani ma’lum qilingan.

"O‘z fikr-mulohazalaringizni ushbu xeshteg orqali yozib qoldirishingiz mumkin. Odatdagidek, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar Matbuot xizmati tomonidan doimiy ravishda monitoring qilinadi", — deb yozgan O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi.