Fazliddin G‘oibnazarov ertaga professionaldagi to‘rtinchi jangini o‘tkazadi

Fazliddin professional ringda shu kungacha uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Sputnik

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Ertaga Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazadi.

Ushbu jangda o‘zbekistonlik bokschiga meksikalik Xesus Silveyra raqiblik qiladi. Sakiz raundlik jang Nyu-Yorkdagi Medison Skver Gardenda bo‘lib o‘tadi.

Fazliddin professional ringda shu kungacha uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Uning raqibi Xesus Silveyra esa 15ta jang o‘tkazgan va shularning 8tasida g‘alaba qozongan, besh jangda mag‘lubiyatga uchragan va yana ikkita jangda durang qayd etgan.