TOShKENT, 12-may — Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Behzod Musayev qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Sputnik muxbiriga DSQdagi manba xabar qilgan.
Qo‘mitaning avvalgi rahbari, 71 yoshli Botir Parpiyev 11-may kuni vazifasidan ozod etildi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Botir Parpiyev qo‘mitaga 14-yil davomida raislik qilib kelgan.