Soliq qo‘mitasi rahbari Botir Parpiyevning ishdan ketganligi rasman tasdiqlandi

Botir Parpiyev 2004-yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Botir Rahmatovich Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligi ozod qilindi. Bu ma’lumotni Sputnik muxbiriga Davlat soliq qo‘mitasidagi manbaa tasdiqladi.

Xabarga ko‘ra Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Botir Parpiyev 2004-yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.