TOShKENT, 11-may — Sputnik. Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan Astranomiya instituti ilmiy xulosalariga asosan Ramazonning birinchi kuni 17-may kuni bo‘lishini e’lon qilgan. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 11-may kuni O‘zbekiston musulmonlar idorasi majlislar zalida respublikaga Ramazon oyi kirib kelishi va uni tartibli o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nurimon Abulhasan, O‘MI raisi o‘rinbosari Abdulaziz Mansur, imom-xatiblar, jurnalistlar va diniy ta’lim muassasalari xodimlari ishtirok etishdi.
Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan Astranomiya instituti ilmiy xulosalariga asosan Ramazonning birinchi kuni 17-may kuni bo‘lishini e’lon qilgan.
Bu e’lon bugun juma namozida imom-xatiblar tomonidan aholiga yetkaziladi.