TOShKENT, 11-may — Sputnik. Markaziy banki respublikaning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi yangi ma’lumotni e’lon qildi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 1-may holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 28 352,0 mln AQSh dollari (2018 yil 1-aprel holatiga 28 494,0 mln AQSh dollari, o‘tgan oyga nisbatan 142 million dollarga kamaygan), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 14 415,9 mln AQSh dollari, monetar oltin — 13 936,1 mln AQSh dollari tashkil qildi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari — 27 083,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1-aprel holatiga 27 086,7 mln AQSh dollari).
Eslatib o‘tamiz, oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.