Qirg‘izistonga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun muhim xabar

Qirg‘izistonga kelib, mamlakatda o‘rnatilgan tartibga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan 10 ming som (taxminan 145 dollar) miqdorida jarima jazosi qo‘llaniladi, deya ogohlantirmoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi
Sputnik

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida Qirg‘izistonga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolariga eslatma e’lon qilindi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yangi chegara o‘tkazish punktlarini ochish masalasini ko‘rib chiqdi

Xabarda ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining "Chet el fuqarolarining va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Qirg‘iziston hududida ro‘yxatdan o‘tishi" to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, chet elliklar, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham Qirg‘iziston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, besh ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

"Qirg‘iziston hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Qirg‘iziston Respublikasi qonunchiligida belgilangan 10 000 som miqdorida jarima jazosi qo‘llaniladi",- deb ta’kidlanadi TIV bayonotida.

Batafsil ma’lumotni O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan (www.uzbekistan.kg) yoki elchixonaning konsullik bo‘limidagi +996 (312) 986-296 telefon raqami orqali murojaat qilib olish mumkin.