Samarqand xalqaro aeroporti ishga taklif qilmoqda

Nomzodlardan o‘zbek, rus va ingliz tilida erkin so‘zlasha olish talab etiladi
Sputnik

TOShKENT, 10-may — Sputnik. "Samarqand" xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasi yuk tashishni tashkillashtirish xizmati va aviatashuv guruhiga mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda, deb xabar berdi "Zarafshon" nashri.

Nomzodlardan o‘zbek, rus va ingliz tilida erkin so‘zlasha olish talab etiladi.

Hujjatlar joriy yilning 30-mayigacha qabul qilinadi.

Tanlov komissiyasi 13-iyunda yig‘ilishini o‘tkazadi.

Tanlovdan o‘tgan nomzodlar "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK o‘quv-mashg‘ulot markaziga o‘qishga jo‘natiladi.