Yaponiyada O‘zbekiston haftaligi bo‘lib o‘tadi

Haftalikda Yaponiyaning Tokio, Nagoya va Osaka shaharlarida konsert namoyishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Joriy yilning 14-22 may kunlari Yaponiyada O‘zbekiston haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda bildirilishicha, haftalikda Yaponiyaning Tokio, Nagoya va Osaka shaharlarida konsert namoyishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

"Ilk bora tashkil etilayotgan O‘zbekiston haftaligi yaponiyaliklarda ulkan taassurot qoldiradi degan umiddamiz. Chunki ushbu tadbirga san’at ahli juda katta tayyorgarlik ko‘rmoqda", — deyiladi xabarda.