TOShKENT, 10-may — Sputnik. Eron parlamentining bir nechta deputatlari Amerika prezidenti Donald Tramp Tehron bilan imzolangan yadro kelishuvidan chiqishini ma’lum qilgan kunning ertasiga AQSh bayrog‘ini yoqib yuborishdi. Bu haqda video joylashtirilgan.
Parlamentariylardan biri minbarga chiqib, Amerika bayrog‘ining qog‘ozda bosilgan nusxasini barchaga namoyish qiladi va so‘ngra uni zajigalka bilan yoqishga urinadi.
Deputatning birinchi urinishi ish bermagach, uning yoniga hamkasblari yugurib kelib, yordam bera boshlaydilar. Deputatlar bayroq bilan birga qandaydir qog‘ozni ham yoqadilar, OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yadro kelishuvi haqidagi shartnoma nusxasi bo‘lgan.
Aksiya davomida deputatlar Amerikaga qarshi shiorlarni baqirib aytishgan va mushtlarini silkitishgan, ularning hamkasblari esa o‘z xayrixohligini bildirish uchun minbarga yaqin kelishga intilgan.
So‘ngra ikkita qog‘oz ham pastga uloqtirilgan va parlamentariylar ularni oyoqlari bilan toptay boshlagan.