Ekspert fikriga ko‘ra, Nazarboyev va Mirziyoyev ushbu bosqichda bir-biri bilan shaxs sifatida raqobat qilaolmaydi, iqtisodiy sohada esa Qozog‘iston ancha kuchliroq ko‘rinmoqda.
"Raqobat — agar gap iqtisodiy raqobat haqida borayotgan bo‘lsa, unchalik ham yomon narsamas. Ammo ilgariroq Toshkent va Ostona o‘rtasida ikki yetakchining shaxs sifatida bir-biriga qarama-qarshiligi mavjud edi. Bu esa ikki mamlakat munosabatlariga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatgandi. Hozir bu holat kuzatilgani yo‘q, O‘zbekistonning yangi yetakchisi esa axil qo‘shnichilik tamoyillari asosida qurilgan ochiq dtashqi siyosatni ko‘z-ko‘z qilmoqda", — deb ta’kidladi Kurtov.
Ekspert ta’kidiga ko‘ra, shu bilan birga shu paytgacha hal qilingan va hal qilib kelinayotgan ko‘pgina masalalalarga qaramay, yechimi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab muammolar ham yo‘q emas.
Shavkat Mirziyoyevning yetakchi sifatidagi roli haqida gapirar ekan, ekspert, ko‘zga ko‘ringan muvaffaqiyatlar va progressiv tashabbuslarga qaramay, Toshkent hozircha qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha shimoldagi qo‘shnisi bilan bellasha olmasligini aytib o‘tdi.
"To‘g‘ri, O‘zbekiston demografik ustunlikka ega, ammo bu kamlik qiladi. Aholining ko‘pligi o‘zining ijobiy tomoni bilan birga, qo‘shimcha xarajatlar va majburiyatlarni talab etadi. Bu odamlarning qornini to‘q tutish, kiyintirish va ish bilan ta’minlash kerak. Bu borada O‘zbekistonda ayrim kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. Xuddi shu ma’noda Qozog‘istonning yutuqli tomonlari ko‘p, uning aholisi soni kamroq, tabiiy resurslari esa ko‘p", — dedi Kurtov.
Eskpertning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.