Toshkentdagi 302-maktabda 9-may tantanasining eng yorqin foto-suratlari

Sputnik

O‘zbekiston maktablarida birinchi marta 9-may sanasiga bag‘ishlab tantanali tadbirlar o‘tkazilmoqda. Sputnik O‘zbekiston muxbirlari Yunusobod tumanidagi 302-sonli maktabda bo‘lishdi va ushbu tadbirni tomosha qilishdi.

Maktab direktori Feruza Xudoyorova 9-mayni nishonlash nima uchun muhimligini aytdi

Ta’kidlash joizki, yaqinda ochilgan maktabda 9-may bayrami ham birinchi marta katta shodiyona bilan nishonlandi. Bayramga mehnat faxriylari, veteranlar, mahalla yig‘inlari vakillari va boshqa mehmonlar taklif etildi. Shuningdek, irrigatsiya instituti harbiy talabalari o‘z chiqishlarini namoyish qilishdi.

Maktab o‘quvchilari urush yillarida kuylangan harbiy-jangovar ruhdagi qo‘shiqlarini kuylashdi, urush qatnashchilari qahramonliklariga bag‘ishlangan she’rlarni yoddan aytib berishdi.

Tadbir "G‘alaba kuni" qo‘shig‘ini jo‘r bo‘lib kuylash va kabutarlarni uchirish bilan yakunlandi.

Marosim so‘ngida veteranlarga maktab ma’muriyati tomonidan sovg‘alar topshirildi.

1 / 11
Tadbirda mehnat faxriylari, veteranlar, mahalla yig‘ishlari vakillari va boshqa mehmonlar qatnashdi.
2 / 11
Maktab o‘quvchilari vatan va urush yillari qo‘shiqlar va she’rlarni aytib berishdi.
3 / 11
Maktab o‘quvchilari vatan va urush yillari qo‘shiqlar va she’rlarni aytib berishdi.
4 / 11
Maktab o‘quvchilari vatan va urush yillari qo‘shiqlar va she’rlarni aytib berishdi.
5 / 11
Maktab o‘quvchilari vatan va urush yillari qo‘shiqlar va she’rlarni aytib berishdi.
6 / 11
Maktab o‘quvchilari vatan va urush yillari qo‘shiqlar va she’rlarni aytib berishdi.
7 / 11
Irrigatsiya instituti harbiy talabalari o‘z chiqishlarini namoyish qilishdi.
8 / 11
O‘quvchilar sport chiqishlarini namoyish qilishdi.
9 / 11
O‘quvchilar qiziqarli sahna chiqishlarini namoyish qilishdi.
10 / 11
Irrigatsiya instituti harbiy talabalari o‘z chiqishlarini namoyish qilishdi.
11 / 11
Ushbu tadbirda mehnat faxriylari, veteranlar, mahalla yig‘ishlari vakillari va boshqa mehmonlar qatnashdi.