TOShKENT, 7-may — Sputnik. Markaziy bank 8-maydan e’tiboran xorijiy valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 8,96 so‘mga kamayib, 8 059,24 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 146,26 so‘mga pasayib, 9 638,85 so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, Rossiya rubli ham 0,98 so‘mga tushib, 128,73 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.