Hokim Turobjon Jo‘rayev urush faxriylariga prezident sovg‘alarini topshirdi

Samarqand viloyati hokimi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarinikiga shaxsan borib, O‘zbekiston prezidenti tabrigini o‘qib eshittirib, sovg‘alarni topshirmoqda
Sputnik

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarining xonadonlariga borib, prezident sovg‘alarini topshirdi, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Maktab direktori Feruza Xudoyorova 9-mayni nishonlash nima uchun muhimligini aytdi
Xabarda aytilishicha, Samarqand shahrida istiqomat qilayotgan Galina Juravlova urushning og‘ir damlarini boshidan kechirgan millionlab insonlarning biri. Yosh qizaloq fashizmga qarshi kurashda aloqachi sifatida xizmat qilib, erishilgan g‘alabaga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. Uning ko‘rsatgan mardligi ko‘ksini orden va medallarga to‘ldirib turibdi.

Viloyat hokimligi, jamoatchilik vakillari, yoshlar onaxonning xonadoniga tashrif buyurishib, u kishiga O‘zbekiston rahbarining bayram sovg‘alarini topshirgan.

Shaharning "Marhabo" mahallasida umrguzaronlik qilayotgan 92 yoshli Yevgeniy Soldatov hayotining shirin damlari urush yillariga to‘g‘ri keldi. Qonli janggohlarda fashistlarga qarshi kurashdi. Bugun o‘sha damlarni u achchiq xotiralar bilan yodga oladi.

Viloyat hokimi Jo‘rayev Yevgeniy Soldatovga ham Mirziyoyev sovg‘alarini topshirib, bayram tabrigini o‘qib bergan.

Xokim Samarkanda zachital veteranam pozdravlenie ot Shavkata Mirziyoyeva

"Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas. Yurt tinchligi, osoyishtaligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati esa har qancha e’zozga munosib. Ikkinchi jahon urushining suronli janggohlaridan omon qaytib, yurtimiz taraqqiyotiga fidokorona mehnat qilib, ayni chog‘da davlatimiz e’tiborida umrguzaronlik qilayotgan ota-bobolarimizning ko‘rsatgan jasorati ana shunday ta’rifga munosib", — deyiladi xabarda.