TOShKENT, 7-may — Sputnik. Bugun O‘zbekiston poytaxtida joylashgan №302 sonli o‘rta maktabda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"Mana shunday tantanali kunda yangi ochilgan maktabimizda ilk marotaba mana shu bayram nishonlanmoqda. Bolalarimiz o‘z chiqishlari bilan urush yillarida halok bo‘lgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltiradilar. Bolajonlarimiz urushda qatnashgan barcha veteranlarimizga go‘zal kelajak va yorqin bugungi kunimiz uchun minnatdorchilik bildiradilar", — dedi maktab direktori va bugungi kunda O‘zbekistonda barcha maktablarda ushbu bayram katta tantanalar bilan nishonlanayotganini ta’kidladi.
Xudoyorova, shuningdek, "Bolalarimiz mana shunday qahramonlarimiz bo‘lganligini bilishlari kerak va albatta, bobolari singari Vatanimizni hamisha himoya qilishga shay bo‘lishlari shart", deya ta’kidladi.