TOShKENT, 7-may — Sputnik. Yangasidan 2300 dollar qarz olgan payariqlik Anora Olimova o‘z "kreditori"ni urib o‘ldirgani uchun 13-yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.
Qarzni qaytarish muddati kelgach, yangasi Anoradan pullarni qaytarishini talab qildi. Ana shunda Anora "kreditor"dan qutulish yo‘llarini izlay boshlaydi va bir kuni o‘zi bilan metall bo‘lagini olib Muniraning uyiga bordi.
Yangasi qarzni olib kelmaganini bilgach, Anora bilan urisha ketadi.
Qarzdor ayol esa qulay paytni poylab metall bilan yangasining boshiga uradi va uning yiqilib tushganini ko‘rib, qochib ketadi.
Shifokorlar 3 kun davomida jarohatlangan ayolning hayotini saqlab qolishga urindi. Biroq Munira vafot etdi.
Anora Olimova Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi qarori bilan 13-yilga ozodlikdan mahrum etildi.