Dilorom To‘xtaxodjayeva 9-may bayrami haqida: orziqib kutilgan paytlar yetib keldi

2018 yilda O‘zbekistonda 9-may bayrami har yilgidanda o‘zgacha, har yilgidanda quvonchliroq nishonlanmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtdagi №302 maktab filialida ham bo‘lib o‘tdi
Sputnik

TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistonda orziqib kutilgan paytlar yetib keldi. To‘g‘ri shu paytgacha, 9-may bayrami nishonlanardi, ammo u xotira kuniga aylanib qolgan edi, dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga 7-may kuni Yunusoboddagi №302 o‘rta maktabda o‘tkazilgan bayram tadbirida Yunusobod tumani Xusnobod fuqarolar yig‘ini raisi Dilorom To‘xtaxodjayeva.

"Yashang, askarlar": Toshkentda 9-mayga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi
"Hozirda haqiqiy o‘tmish, haqiqiy ota-bobolarimiz jang qilgan kunlar esga olinyapti. 9-may O‘zbekistonda bu yil juda ham keng nishonlanayapti. Mana, "Xalqlar do‘stligi" nomi o‘z joyiga qaytarildi. Metro va maydon yana "Xalqlar do‘stligi" deya ataldi. Ulug‘ Vatan urushida jonbozlik ko‘rsatgan, mehnat frontida qatnashgan temirchi Mahkam akaning haykallari joyiga qaytarilyapti. Bundan o‘zbek xalqi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan juda ham minnatdor", — dedi To‘xtaxodjayeva.

Mahalla raisi, shuningdek, O‘zbekiston rahbarining "9-mayni nishonlash to‘g‘risidagi qarori"dan hamma xursandligini, jumladan, bolalar ham cheksiz xursand ekanligini aytdi.

"Bolalarimizga o‘tmishni gapirib berapmiz. Mana, urush yillarida Toshkentga ko‘chirib kelingan Chkalov zavodida voyaga yetmagan bolalar o‘qlar, tanklarga kerakli qismlarni chiqarishda qatnashishgan. Ularning bu ishi biz uchun qahramonlik sanaladi. Tarixsiz kelajak yo‘q. Tarixni bolalarimiz bilishi kerak. Uni to‘g‘riligicha yetqazish hozir bizlarning vazifamiz", — dedi suhbatdosh va bu yil O‘zbekistonda 9-may bayrami "har yilgidanda o‘zgacharoq, har yilgidanda quvonchliroq" o‘tayotganini qo‘shimcha qildi.