“Toshkent gerbi” monumenti olib tashlandi

4 may tunida Toshkentdagi Shimoliy vokzal ro‘parasida o‘rnatilgan "Toshkent gerbi" monumenti olib tashlandi. Uning o‘rniga qanday haykal o‘rnatilishi hozircha noma’lum.
Sputnik

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Ikki kun oldin, 4-may tunida Toshkentdagi Markaziy (Shimoliy) vokzal ro‘parasidagi "Toshkent gerbi" monumenti olib tashlandi, deb xabar qilmoqda "Tashkent Retrospektiva" sahifasi. 

"Yana bir yaxshi yangilik. 4-may tunida Toshkentdagi Shimoliy vokzal ro‘parasida o‘rnatilgan "Toshkent gerbi" monumenti olib tashlandi. Uning o‘rniga qanday haykal o‘rnatilishi hozircha noma’lum", — deyilgan xabarda.  

Ikki qo‘l va tanga shaklidagi Toshkent gerbi tasvirlangan ushbu monument vokzal qarshisidagi maydonga 1996-yilda o‘rnatilgan edi. Monument loyihasi "Toshkentboshplan LITI" instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Haykal me’mori N.G.Naruskaya, haykaltarosh R.Avakiyan bo‘lib uning poyiga "Toshkentimizni yomon ko‘zlardan asrasin" deb yozilgan edi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ko‘pchillikka ushbu haykal "g‘alati" ko‘rinar, xalq orasida esa uni "tanga  ushlab turgan qo‘llar" deb atashar edi.

Eslatib o‘tamiz, 1995 yilga qadar ushbu maydonda "14 toshkent komissarlari" haykali o‘rnatilgan edi. 

Pamatnik 14 turkestanskim komissaram.