Rossiyada halol ishlayotgan internet manbaalarining "Oq ro‘yxati" tuziladi

Roskomnadzor Rossiya hududida ta’qiqlangan internet resurslarini doimiy ravishda bloklab va ushbu manbaalarning "qora ro‘yxati"ni o‘z saytida chop etib kelmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Rossiyada faoliyat yuritayotgan IT sohasi faollari Rossiya prezidenti ma’muriyatida bo‘lib o‘tgan majlisda bugungi kunda Rossiya hududida amal qilayogan "qora ro‘yxat" bilan bir qatorda "oq ro‘yxat" tashkil qilish tashabbusi bilan chiqishdi.

"Oq ro‘yxat"ga faqat halol ishlayotgan internet manbaalari kiritiladi. Ularning faoliyati qonunga zid kelmayotgani bir necha bosqichda tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv mutlaq shaffof o‘tkazilishi va har bir bosqichning muayan javobgari bo‘lishi shart. Shundan so‘ng "Oq ro‘yxat"ga kiritilgan saytlarning ip adreslari Roskomnadzor blokirovkasi ustidan tarqatiladi va tasodifiy  bloklanishdan xoli bo‘ladi", — deyilgan xabarda.  

Texnologik nuqtayi nazardan, bu ixtisoslashgan muayan VPN proksi-server orqali amalga oshiriladi. Unga doimiy ravishda internet manbaalarining to‘ldirilgan "Oq ro‘yxati" yuklab turiladi. Buning uchun maxsus dastur yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz Rossiya IT-sohasini nazorat qilib turuvchi muassasasi — Roskomnadzor tomonidan Telegram messenjerini bloklab qo‘yish borasida uch haftadan beri olib borilayotgan kurash tufayli bir necha aybsiz tashkilotlarning internet adreslari ham tasodifiy blokirovkaga tushib qolgan edi. Yuqorida taklif etilayotgan "Oq ro‘yxat" ana shunday tasodiflarning oldini olishga qaratilgan.