"Kinjal" raketalari o‘rnatilgan o‘nta MiG-31 jangovar holatga keltirildi

Vladimir Putin mart oyida Federal yig‘inga murojaatida "Kinjal" va Rossiyaning boshqa yangi qurollarini namoyish etgandi.
Sputnik

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Tovushdan tez harakatlanuvchi "Kinjal" raketalari o‘rnatilgan o‘nta MiG-31 samolyoti jangovar navbatchilikda turibdi, deb xabar berdi RIA Novosti Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisovga tayanib.

"MiG-31 samolyoti raketani kerakli balandlikda kerakli tezlikda uchirishga moslashgan. Bugungi kunda o‘nta samolyot jangovar sinov navbatchiligida turibdi va vaziyatga qarab foydalanishga shay holatda", — dedi Borisov "Zvezda" telekanaliga.

"Kinjal", "Sarmat", "Avangard": Rossiyaning eng zamonaviy qurollari qanday ishlaydi

Uning aytishicha, bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytgan to‘rt yangi quroldan biridir.

"U zamonaviy qurol: uzoq masofaga tovushdan tez uchuvchi raketa havo hujumidan mudofaa va raketadan mudofaa tizimlarini pisand qilmaydi. Unga zarar yetkazish imkoni yo‘q va juda jiddiy jangovar qudrat va salohiyatga ega", — dedi Borisov.

Vladimir Putin mart oyida Federal yig‘inga murojaatida "Kinjal" va Rossiyaning boshqa yangi qurollarini namoyish etgandi.

Raketa tovush tezligidan o‘n baravar tezroq uchadi hamda barcha havo va raketa hujumidan mudofaa tizimlariga chap bergan holda ikki ming kilometrgacha masofadagi nishonga yetib boradi.

"Kinjal" raketalari dushmanning aviatashuvchi, esmines va kreyserlarini yo‘q qilishi mumkin.

To‘qqizinchi may kuni "Kinjal" majmuasi o‘rnatilgan MiG-31K qiruvchi samolyotlari Moskvada o‘tkaziladigan paradda ishtirok etadi.