Toshkent shahar YHXB boshlig‘i lavozimidan bo‘shatildi

Hozirda YHXB boshlig‘i vazifasini boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Jo‘rayev bajarmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkent shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Barat Mamenov lavozimidan bo‘shatildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bu xabarni Toshkent ShIIBB Axborot multimedia markazi vakili tasdiqladi.

"Hozirda YHXB boshlig‘i vazifasini boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Jo‘rayev bajarmoqda", — dedi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan Toshkentda ichki ishlar organlari faoliyatini baholashning reyting tizimi ishga tushgan.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent ShIIBB boshlig‘i general-mayor Rustam Jo‘rayevning qayd etishicha, reytingda baholashda aholining huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, shuningdek, bevosita ularning rahbarlari faoliyatiga munosabati asosiy mezon hisoblanadi.