Vazir Sherzod Kudbiyev: O‘zbekistonda ish o‘rinlariga davlat buyurtmasi tuziladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev so‘zlariga ko‘ra, ish o‘rinlar va ishsizlik darajasi o‘rtasidagi nomunosiblik iqtisodiyot va mehnat bozorida kiyinchiliklar yuzaga keltirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 4-may — Sputnik. 2018 yil 25-aprel kuni Toshkentda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan "Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi" mavzuyida xalqaro konferensiya Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev aholini ish bilan ta’minlash sohasida kutilayotgan muhim yangiliklar haqida gapirdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

"Vazirlik mehnat bozori holatini puxta tahlil qilish asosida ish o‘rinlarni tashkil etish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan ta’minlash kvotalari bo‘yicha davlat buyurtmasini shaklantirishni nazarda tutadi", — dedi Sherzod Kudbiyev.

Bundan tashqari, vazir sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, yagona milliy mehnat tizimini yaratish rejalashtirilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tanzila Norboyeva O‘zbekiston ayollarini kutayotgan muhim yangilik haqida gapirdi

"Hozirgi kunda barcha davlat idoralari ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langan yagona dastur majmuasini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar tayyorlanmoqda", — dedi u.

Yangi dastur yordamida ish beruvchi va ishga kirayotgan xodim bilan elektron shaklda mehnat shartnomasini rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu dastur xodimning ish staji haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish hamda elektron mehnat daftarchasini yurishish imkoniyati yaratiladi.

"Shu o‘rinda biz Xalqaro mehnat tashkiloti, Rossiya Federatsiya va ayniqsa Ozarbayjon Respublikasi hamkasblar yordamiga umid qilamiz", — dedi vazir.