Toshkent va Seul mehnat migratsiyasi masalasini muhokama qildi

Uchrashuvda hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish, Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar koreys tilini bilish darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxiddinov Janubiy Koreya Adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qildi ushbu vazirlik matbuot xizmati.

Vazir Sherzod Kudbiyev: O‘zbekistonda ish o‘rinlariga davlat buyurtmasi tuziladi

Uchrashuvda tomonlar Koreyaga O‘zbekiston fuqarolarini noqonuniy borishini oldini olish borasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida amaldagi normativ-huquqiy bazani ijro etish natijalari ko‘rib chiqildi.

"Uchrashuvda Janubiy Koreyada O‘zbekiston mehnat muhojirlari xafsizligini ta’minlash, ularni Koreyada noqonuniy bo‘lishini oldini olish masalalari muhokama qilindi", — deyilgan xabarda.

Uchrashuvda Janubiy Koreyada ishlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish, Koreyada mehnat faoliyatini olib borishga istak bildirgan o‘zbekistonliklar koreys tilini bilish darajasini yanada ko‘tarish masalalari muhokama qilindi.

"Koreya tomoni migratsiya sohasida muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va birgalikda hal qilish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tdi", — deb qo‘shimcha qilishdi vazirlikda.

2007 yilda O‘zbekiston va Koreya hukumatlari Koreyaga ishchilarni jo‘natish to‘g‘risidagi memorandum imzolashdi. 2016-yil mart oyida yangilangan memorandumni imzolashdi.

O‘tgan davrda Janubiy Koreyaga shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 23 ming fuqaro yuborildi. Bugungi kunda yillik kvota 3 ming ishchini tashkil qiladi.