Dress-kod va medal: Putinning inauguratsiyasi tafsilotlari

Putinning inauguratsiyasiga taklif etilganlar orasida Rossiyaning birinchi prezidenti bevasi Naina Yelsina ham bor
Sputnik

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasi marosimiga taklif etilgan mehmonlarga Kreml Spasskaya minorasi tasviri tushirilgan va "Moskva. Kreml. 2018-yil 7-may" deb yozilgan esdalik kumush medali taqdim etiladi.

Putinga birinchi bo‘lib tabrik yo‘llagan yetakchilar
Kurantlardagi millar kun yarmini ko‘rsatmoqda — aynan shu vaqtda saylangan prezidentning o‘z vazifasiga kirishi bilan bog‘liq tantanali marosim boshlanadi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, medalning orqa tomonida ikki boshli burgut tasvirlangan va "V.V.Putinning Rossiya prezidenti vazifasiga kirishishi" deb yozilgan bo‘ladi. Taklifnoma bilan birgalikda mehmonlarga yog‘ochdan yasalgan, ichi baxmalli quticha taqdim etiladi. Qutichada esdalik medali joylashtirilgan bo‘ladi.

Shuningdek, inauguratsiya dress-kodi ham ma’lum bo‘ldi: bu to‘q rangdagi kostum va oddiy uzunlikka ega ko‘ylak.

Qayd etilishicha, Putinning inauguratsiyasiga taklif etilganlar orasida Rossiyaning birinchi prezidenti bevasi Naina Yelsina ham bor.

Rossiya prezidentining o‘z lavozimiga tantanali kirishishi marosimi 7-may kuni Kremlda bo‘lib o‘tadi.