Shveysariya kompaniyasi Toshkentda besh yulduzli mehmonxona quradi

Kompaniya shuningdek, 1000 kishilik konsert zali ham qurishni mo‘ljallamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Shveysariyaning Mabetex Group kompaniyasi Toshkentda besh yulduzli mehmonxona va 1000 kishilik konsert zali qurishni mo‘ljallamoqda, deb xabar berdi Podrobno.uz poytaxt ma’muriyati bilan uchrashgan Shveysariya delegatsiyasi rahbari Afrim Pokolliga asoslanib.

Hozirda binolarning joylashuv o‘rni, dizayn xususiyatlari va boshqa tafsilotlar muhokama qilinmoqda.

Mabetex Group 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, yirik binolar qurilishi bilan shug‘ullanashi. Bugungi kunda kompaniya jahonning 16 mamlakatida loyihalarni amalga oshirmoqda. Ular orasida Qozog‘istondagi "Astana-opera" opera va balet teatri ham bor.