"Xalqlar do‘stligi" nomi san’at saroyi va metro bekatiga qaytarildi

Bundan tashqari, shahar markazidagi saroyga ham shu nom qaytarildi.
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Toshkent shahar xalq deputatlar kengashi metro bekati, "Istiqlol saroyi" va maydonga "Xalqlar do‘stligi" nomini qaytarish taklifni tasdiqlashdi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Shuningdek, Shayxontohur tumani, "Obinazir", "Jarariq" mahallalari hududida joylashgan Toshko‘cha ko‘chasiga Shoahmad Shomahmudov nomi qaytarildi.

O‘tgan haftada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shomahmudovlar oilasi yodgorlik majmuasini shahar markaziga qaytarish haqida taklif bergandi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, Shomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda.

Hozirgi vaqtda poytaxt hukumati haykalni ko‘chirish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Majmua maydonda saroy oldida o‘rnatiladi.