Ko‘pqavatli uylar oldida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar "amnistiya"ga tushmaydi

Barcha fuqarolar o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarni qonuniylashtirish imkoniyatidan foydalanila olmaydi. Bu imkoniyatdan faqat jismoniy shaxslar sifatida yerga egalik qiluvchilar va xususiy sektorda yashovchilar foydalanishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zboshimchalik bilan bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi ko‘pqavatli uylar, kafe va restoranlar oldida qurilgan imoratlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Saidaxmedovga asoslangan holda.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqi e’tirof etiladi

Bu aksiya e’lon qilingandan so‘ng, ko‘plab o‘zbekistonliklarni ko‘pqavatli uylar oldida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar ushbu aksiyaga tushadimi — degan savol katta qiziqish uyg‘otdi.

Toshkentda ko‘pqavatli binolarining birinchi qavatida istiqomat qiluvchilar uy oldi yerlarini egallab, u yerda o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha imoratlarni qurish holatlarni ko‘p ko‘rishimiz mumkin.

Bundan tashqari, ko‘plab fuqarolar balkonlarni kengaytirib, umumiy foydalanishdagi yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishgan.

Bunday imoratlar egalarini ranjitamiz. Bu aksiya ko‘p qavatli uylar oldida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

"Ishchi guruh o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mexanizmi belgilab qo‘yilgan hujjat loyihasini ishlab chiqdi. Ushbu aksiyaga ko‘p qavatli uylar bu aksiyaga tushmaydi. Ko‘pqavatli uylar oldidagi yerlar bitta istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli bo‘la olmaydi. Amnistiya faqat xususiy sektor, faqat jismoniy shaxslarga qo‘llaniladi. Bu kafe va do‘konlar oldida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar ham bu aksiyaga tushmaydi degani", — deb ta’kidladi Akbar Saidaxmedov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti farmoniga asosan 2019-yil 1-maygacha mazkur farmon qabul qilingan vaqtga qadar qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga, ya’ni o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi ushbu obyektga o‘z shaxsiy mulki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilayotgan shaxsga e’tirof etiladi.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi ko‘chma mulkka bo‘lmagan tan olinishi tan olish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish komissiya tavsiyasiga binoan yoki tuman yoki shahar hokimi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eng kam ish haqining 10 baravari miqdorda bir martalik yig‘im to‘langandan keyin amalga oshiriladi.