Iroqda ID bilan hamkorlik qilgan sakkiz ayol bir umrga ozodlikdan mahrum qilindi

Aprel oxirlarida Iroq sudi 19 nafar rossiyalik va o‘n nafar Ozarbayjon va tojikistonlik ayollarga ID bilan hamkorlik qilgani uchun umrbod qamoq jazosi tayinlagandi.
Sputnik

TOShKENT, 3-may – Sputnik. Iroq markaziy jinoyat sudi turli mamlakatlardan bo‘lgan sakkiz nafar ayolni "Islom davlati" terrorchilik guruhi faoliyatida qatnashgani uchun bir umrga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda sudyalar oliy kengashi vakili Abdel Sattor Bayrakdarga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

"Markaziy jinoyat sudi turli mamlakatlar: uch nafar Turkiya, uch nafar Ozarbayjon, bir nafar O‘zbekiston va bir nafar Suriya fuqarosi bo‘lgan terrorchi ayollarga nisbatan umrbod qamoq jazosini tayinladi", — dedi u.

Beyrakdar hukm terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunning ikkinchi moddasiga muvofiq chiqarilganini bildirdi.

Aprel oxirlarida Iroq sudi 19 nafar rossiyalik va o‘n nafar Ozarbayjon va tojikistonlik ayollarga ID bilan hamkorlik qilgani uchun umrbod qamoq jazosi tayinlagandi.