Almatida qizlarga uyqu dori beruvchi "oshiq" sakkiz yilga qamaldi

U ijaraga olingan kvartirada qizlar bilan uchrashib, ularni uyqu dori yordamida uxlatgan hamda bor buyum va pullarini o‘g‘irlab ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Almati sudi qizlarni uyqu dori yordamida uxlatib, so‘ngra tunash bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik fuqaroni 8-yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.

Toshkentda ikki firibgar 1 mln 750 ming dollarni o‘zlashtirib yubordi

Xabarda aytilishicha, erkak o‘tgan yilning noyabrida politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, u tanishuv saytlarida qizlar bilan tanishib, yozishib yurgan. So‘ngra ijaraga olingan kvartirada uchrashib, ularni uyqu dori yordamida uxlatgan hamda bor buyum va pullarini o‘g‘irlab ketgan.

Ish Almati sudida yopiq tartibda ko‘rildi.

Sud hukmiga ko‘ra u "Talonchilik" va "Jinsiy ko‘rinishdagi zo‘ravonlik harakatlari" moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Sud uni 8-yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm chiqardi.