Kamilov AQShning O‘zbekistondagi elchisini qabul qildi

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini rivojlantirish, ikki mamlakat vakillari ishtirokida qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishga doir amaliy masalalar muhokama qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShning favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini rivojlantirish, jumladan, ikki mamlakat vakillari ishtirokida qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishga doir amaliy masalalar muhokama qilindi.