Vazir Kamilov terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konferensiyada qatnashadi

O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonda bo‘lishi chog‘ida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yuqori darajali xalqaro konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda chorshanba kuni O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabar qildi.

"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yil 3-4-may kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan "Terrorizm va radikalizmga qarshi kurash" yuqori darajali xalqaro konferensiyada ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.

Matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonda bo‘lishi chog‘ida shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Ilgariroq konferensiya ishida Tojikiston hukumati vakillari, BMTning oliy darajadagi vakillari, diplomatik korpuslar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari, tadqiqot va ilmiy muassasalar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashishlari to‘g‘risida xabar berilgan edi.