"O‘zbekiston havo yo‘llari" oltita Il-114-100 samolyotini sotuvga qo‘yadi

Il-114-100 samolyoti uchuvchilari MAK tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan Boing va A320 samolyotlariga bosqichma-bosqich qayta o‘qitilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2-may — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi shu yilning 1-mayidan boshlab Il-114-100 rusumidagi samolyotlardan foydalanishni to‘xtatdi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston havo yo‘llari samolyot va vertolotlarni sotuvga qo‘ydi

"Joriy yilning 1-mayidan boshlab samolyot parkini unifikatsiyalash, parvozlar samaradorligi va rentabelligini oshirish maqsadida aviakompaniya Il-114-100 rusumidagi samolyotlar ekspluatatsiyasini to‘xtatdi", — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, Milliy aviakompaniyaning IL-114-100 samolyotlarini ekspluatatsiyadan chiqarish tadbirlari rejasiga muvofiq, aviaparkda mavjud bo‘lgan 6ta samolyot sotuvga qo‘yiladi.

"MAK rivojlanish strategiyasiga muvofiq, aviaparkini zamonaviy flotga ega aviatashuvchi maqomini ta’minlab beruvchi havo kemalari bilan yangilash dasturini amalga oshirmoqda", — deyiladi xabarda.

Il-114-100 samolyoti uchuvchilari MAK tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan Boing va A320 samolyotlariga bosqichma-bosqich qayta o‘qitilmoqda.

IL-114-100 samolyotlaridan mahalliy yo‘nalishlarda foydalanilgan.