O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilish sanasi ma’lum bo‘ldi

Birinchi bosqichda Xo‘jand-Toshkent va Panjikent-Samarqand yo‘nalishlarida avtobuslar qatnay boshlaydi.
Sputnik

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi 15-maydan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi Tojikiston telegraf agentligi.

Shu yil may oyida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklanadi

"Azia ekspress" korxonasi direktori Sulton Kamolovning aytishicha, Tojikiston tomoni avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishga tayyor, faqat O‘zbekistonning yo‘l kira narxi borasidagi yakuniy qarorini kutmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda Xo‘jand-Toshkent va Panjikent-Samarqand yo‘nalishlarida avtobuslar qatnay boshlaydi.

Avvalroq tomonlar Dushanbe-Termiz, Boxtar-Denov, Panjikent- Samarqand va Panjikent-Buxoro, Xo‘jand-Toshkent hamda Konibodomdan Farg‘ona viloyatlariga yo‘nalishlar ochilishiga kelishib olgandi.

Tojikiston tomonining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonga har kuni 10 mingdan ortiq tojikistonliklar boradi.