Abdulaziz Kamilov Dushanbega tashrif buyuradi

Kamilov "Terrorizm va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida"gi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov terrorizmga qarshi kurash masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Tojikistonga boradi.

Bu haqda Sputnik Tojikiston Tojikiston telegraf agentligiga asoslangan holda xabar qildi.

"O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 3-4 may kunlari Dushanbega tashrif buyuradi. U "Terrorizm va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida"gi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi", — deyilgan xabarda.

Dushanba konferensiyasida 400 nafardan ortiq mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda: dunyoning 50 ta davlatlardan sohaviy vazirlik va idora xodimlari, shuningdek 30 ta xalqaro tashkilotlar va institutlar.

Konferensiya qatnashchilari oldida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon chiqish qilishi kutilmoqda.