Namanganda singil o‘z tug‘ishgan akasini o‘ldirish uchun "killer" yolladi

Ayol jinoyat amalga oshirilgach, yana qo‘shimcha ravishda 1000 AQSh dollari berishni va’da qilgan
Sputnik

TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, 26-aprel kuni Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi fuqaro viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z tug‘ishgan singlisi uni qasddan o‘ldirish uchun qotil yollaganligini bayon etgan.

Arizada yozilishicha, singil qotillikni amalga oshirishi uchun "killerga" 1,5 million so‘m va 50 AQSh dollari miqdorida pullarni M.A. ismli shaxs orqali berib yuborgan.

Jinoyat amalga oshirilgach, ayol qotilga yana qo‘shimcha ravishda 1000 AQSh dollari berishni va’da qilgan.

Mazkur ariza yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat ishiga aralashgan barcha shaxslar qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.