Samarqandda abituriyentlar qaysi binolarda imtihon topshirishlari ma’lum bo‘ldi

Abituriyent
Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustga qadar o‘tkaziladi
Sputnik

TOShKENT, 1-may — Sputnik. 1-15 avgust kunlari Samarqanddagi beshta binoda oliy o‘quv yurtlariga bakalavr yo‘nalishiga kirish imtihonlari olinadi, deb xabar qildi "Samarkandskiy vestnik".

Zdanie Yuridicheskogo instituta v Tashkente
Toshkent davlat yuridik universiteti kollej bitiruvchilarini imtihonsiz qabul qiladi

Xabarda aytilishicha, kirish imtihonlari SamDU akademik litseyi sport zalida (540 o‘rin), Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining 3 ta zalida (jami 1 440 o‘rin) hamda Samarqand pedagogika va servis kasb-hunar kolleji binosida (1 080 o‘rin) o‘tkaziladi.

Ilgariroq Toshkent shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internatida oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlari bo‘yicha repetitsiya jarayoni bo‘lib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustga qadar o‘tkaziladi. Shuningdek, kirish test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.