Turkiya prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi

Turkiya prezidenti Tayyip Rejep Erdo‘g‘on Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr — Sputnik.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29-aprel kuni Turkiya Respublikasi prezidenti Tayyip Reyejep Erdo‘g‘on davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayni damda, Ko‘ksaroyda oliy martabali mehmonning tantanali kutib olish marosimi bo‘lib  o‘tmoqda. Marosimdan so‘ng savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan. Undan tashqari Tayyip Rejep Erdo‘g‘on O‘zbekiston Oliy Majlisi deputatlari oldida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 1-may kuni Turkiya Prezidentining Buxoroni ziyorat qilishi rejalashtirilgan.