TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkentda favvoralar joriy yilda 29-apreldan ishga tushirildi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi.
29 aprel soat 15:00 da barcha 60 ta favvoralar ishga tushirildi. Mavsum odatdagidan ikki kun oldin (1 mayning o‘rniga 29-aprel) boshlandi.
Bu Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdog‘an O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29-aprel kuni Turkiya prezidenti Toyyib Rajab Erdo‘g‘on davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.