O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi, yevro esa keskin pasaydi

Dollarning kursi o‘tgan haftada 9,09 so‘mga tushdi va 8 068,17 so‘mni tashkil qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Markaziy bank 1-maydan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan 0,03 so‘mga ko‘tarilib, 8 068,20 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 114,53 so‘mga pasayib, 9 785,11 so‘mga yetdi.

Shuningdek, Rossiya rubli 2,13 so‘mga tushdi va 129,71 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.