Moskvada Telegram tarafdorlari mitingiga 7,5 ming kishi jamlandi

Moskva markazida 7500 Telegram tarafdorlari Roskomnadzordan messenjerni ta’qib qilishni to‘xtatishni talab qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun Moskvada bo‘lib o‘tgan Telegram messenjeri tarafdorlari mitingiga 7,5 ming kishi keldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, shahar IIb xabariga asosan.

“Akademik Saxarov prospekti va Masha Porivayeva ko‘chalarida mahalliy hokimiyat bilan kelishilgan Telegram tarafdorlarining ommaviy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda 7500 kishi ishtirok etdi”, — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, politsiya va Rosgvardiya xodimlari tadbirda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashgan. Jamoat tartibi buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 16-aprel kuni Roskomnadzor  FXXga shifrlash kalitlarini bermagan  Telegram messenjerini Rossiya hududida bloklab qo‘yishni talaba qilgan edi.Roskomnadzor fikriga ko‘ra ushbu messenjer Rossiya davlati va fuqarolari manfaatiga zarar keltiradi. Messenjer orqali ekstremistik mavzudagi xabarlar tarqatilishi va terrorchilar ham o‘z faoliyatida foydalanishlari mumkin.

Telegram asoschisi Pavel Durov esa shifrlash kalitlari doimo o‘zgarib turishi tufayli uni hukumatga taqdim etishning iloji yo‘q degan edi.