Imperator qaytmoqda: Fodor Yemelyanenko Frenk Mirni 48 soniyada "nokaut"ga uchratdi

Fodor Yemelyanenko o‘ta og‘ir vazndagi Bellator musobaqasining yarim finaliga chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Kuni kecha Rossiyalik afsonaviy kurashchi Fodor Yemelyanenko amerikalik Frenk Mir bilan bellashdi. RIA Novosti R-sport xabariga asosan.

Fodor raqibini 48 soniyada nakautga uchratib, o‘ta og‘ir vazndagi Bellator musobaqasida yarim finaliga chiqdi.

Bellashuv Rouzmonte, AQShning Illinoys shtatida o‘tkazildi. 2017-yil iyun oyidan Yemelyanenkoning birinchi bellashuvidir. 

Birinchilardan bo‘lib Fodorni bu g‘alaba bilan uning akasi — Aleksandr Instagramdagi o‘z sahifasida tabrikladi.

 

Gran-pri Bellator yarim final bellashuvida Yemelyanenko amerikalik mutloq kurash chempioni (UFC) Cheyl Sonnen bilan shu yilning sentabr yoki oktabr oyida uchrashadi.