Rossiyalik uch egizaklarni ilk bor jurnalistlarga ko‘rsatishdi

Tibbiyotda bu kabi uch bolaning bir tuxumdan tug‘ilishi - o‘ta kamob hodisa hisoblanadi. Dunyoda har 200 mln homiladorlikdan birida uchraydi.
Sputnik

Moskvada bir tuxumdan tug‘ilgan uch qizaloqning ota-onasi ilk bor ularni jurnalistlarga ko‘rsatishdi.

“Ular tug‘ilgan vaqti juda kchik edi, 600 grammdan sal ko‘proq. Yana ular homiladorlikning 26 haftasida dunyoga kelishgan. Bunday holda ularning hayotini va sog‘lig‘ini saqlab qolish qanchalik mushkul ekanini butun dunyo biladi”, — deydi Akkusherlik, ginekologiya va perinatal ilmiy-tekshirish markazi direktori Gennadiy Suxix.

Tibbiyotda bu kabi uch bolaning bir tuxumdan tug‘ilishi o‘ta kamob hodisa hisoblanadi. Dunyoda har 200 mln homiladorlikdan birida uchraydi.  Qizaloqlar ayni damda ikki yoshga to‘lgan.