Telegram dunyoning bir necha mamlakatlarida ishlamay qoldi

Serverlardan birining qizib ketishi oqibatida Telegram Rossiya va Yevropa mamlakatlari hududida ishlamay qoldi.
Sputnik

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Telegram messenjeri bugun ertalabdan dunyoning bir necha mamlakatlarida ishlamay qoldi deb xabar qilmoqda downdetector sayti.

Xususan, Yevropa mamlakatlari, AQSh, Isroil, Indoneziya va yana bir necha mamlakatlarda aloqa yo‘qolgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, messenjer tungi soat 02:00 dan boshlab ishlamay qolgan. Pavel Durov Twitter orqali xabar qilishiga ko‘ra, bunga serverlardan birining qizib ketgani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz,  o‘tgan haftada Moskvaning Tagan tuman sudi Roskomnadzor taldabiga binoan Telegram messenjerini blokirovka qilish haqida qaror qabul qilgan edi.

Shundan buyon Telegram doimiy ravishda IP adreslarini o‘zgartirib, blokirovkadan aylanib o‘tshga muvaffaq bo‘layotgan edi. Roskomnadzor esa, blokirovka qilinayotgan  adreslar sonini har kuni kengaytirib kelayotgan edi.