Mirziyoyev: Shomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda

Prezident Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi yillarida yuksak mehr-muruvvat va oqibat ko‘rsatgan Shoahmad Shomahmudovlar oilasining jasoratini alohida qayd etib o‘tdi.
Sputnik

Prezident matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan "Shavkat Mirziyoyev: vaqt o‘tgan sari Shomahmudovlar oilasi ko‘rsatgan qahramonlikning ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda" deb nomlangan videorolikda prezident fikrlari bayon qilingan.

"Urush paytida Ukraina, Belarussiya va Rossiyadan turli millatga mansub 1 milliondan ortiq aholi, shu jumladan 200 ming nafar yosh bolalar O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan. Xalqimiz ularga mehr berib, boshpana, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlangan. Ayniqsa juda ko‘p o‘zbek oilalari yetib bolalarni o‘ziga farzand qilib olib, tarbiyalagan. Ana shulardan biri 14 ta yetib bolani o‘z tarbiyasiga olgan toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov xonadonidir. Yer yuzida juda kamdan-kam davlat va millat bunday yuksak insoniy fazilatlar bilan g‘ururlanishi mumkin. Vaqt o‘tgan sari Shomahmudovlar oilasi ko‘rsatgan bu qahramonligining ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda.

Tarixiy haqiqatni qaror toptirish, xalqimizning ezgu fazilati va qadriyatlarni abadiylashtirish uchun Shomahmudovlar oilasiga bag‘ishlangan xalqlar do‘stligi deb nomlangan yodgorlik ansambligining poytaxtimiz markazidagi maydonga qaytarsak adolatli bo‘lardi. Toshkentning Shayhontoxur tumanidagi ko‘chaga Shomahmudovlar nomi qaytariladi. Metroni, maydonni — xalqlar do‘stligi va istiqlol saroyini ham xalqlar do‘stligi saroyi qilsak, bizning bag‘rikengligimiz ota-bobomizdan qolgan va qoladi. Iloyim bolalarimizga ham o‘tsin. Mana shu adolat bo‘ladi", — deb ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev.