Internetda tarqalgan yuz ming so‘mlik pul surati bo‘yicha bayonot berildi

Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan 100 ming so‘mlik banknotlar haqidagi xabarlarga va uning ko‘rinishi aks etgan suratlarning tarqalib ketgani borasidagi savollariga o‘z munosabatini bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr – Sputnik. Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i internet orqali keng tarqalayotgan 100 ming so‘mlik banknota dizayni va suratlari bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Bu haqda uznews.uz xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Bosh boshqarma boshlig‘i Majid Tohirov ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan 100 ming so‘mlik banknotlar haqidagi xabarlarga va uning ko‘rinishi aks etgan suratlarning tarqalib ketgani borasidagi savollariga o‘z munosabatini bildirdi.

Izobrajenie 100 tisach sumnoy kupuri rasprostrannaya v internete
Majid Tohirov suratdagi banknot rasmiy emasligini aytib o‘tdi. Uning aytishicha, faqatgina Markaziy bank rasmiy saytida e’lon qilinganidan keyingina bunday ma’lumotga rasmiy deb qaralsa bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, Majid Tohirov aholi o‘rtasida bunday mish-mishlarni tarqatadigan va bunday banknotalarni suratlarini e’lon qiladigan ijtimoiy tarmoqdagilarga nisbatan chora ko‘rilishi Markaziy bank vakolatiga kirmasligini ham bildirdi.