O‘zbekistonda tamaki mahsulotlar narxi 50 foizga oshadi

Bundan tashqari alkogol mahsulotlar uchun ham soliqlar 20 foizga ko‘payadi.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil uchun budjet e’lon qilindi. Unda mahalliy budjetlarning daromad qismi nima hisobiga to‘ldirilishi ko‘rsatilgan.

Mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlash bo‘yicha moliyaviy manbaalari sifatida maydoni bir gektardan ortiq bo‘lgan yer uchastkalarga yer solig‘i joriy etiladi.

Alkogol mahsulotlarga — 10 foizdan 27 foizga, tamaki mahsulotlar — 50 foizga va pivo — 20 foizga soliqlar ko‘paydi.

Soliq solinadigan bazaning ko‘payishini hisobga olgan holda soliq stavkasi 1,7 foizdan 0,2 foizga kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Hududlarning ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda koeffitsentlarni kamaytirish mumkin. Masalan, Xorazm viloyatida joylashgan uy uchun mulk solig‘i Toshkent shahriga nisabatan 2 baravar kamroq bo‘ladi.