UAZ O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

O‘zbekistonda UAZning Patriot, Pickup va Profi modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Ayni damda loyihaning iqtisodiy asoslari o‘rganilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. OOO “UAZ” O‘zbekistonda o‘z avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganib chiqmoqda. Ayni damda muzokaralar boshlang‘ich bosqichda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, UAZning MDH bo‘limi rahbari Aleksey Zabolotnovga asoslanib.

“Rejalarimizdan biri – avtomobillarimizni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. O‘zbekistonda avtomobil biznesi borasida juda yaxshi imkoniyatlar bor”, — dedi Zabolotnov Toshkentda bugun boshlangan Expo-Russia Uzbekistan 2018 ko‘rgazmasida.

Zabolotnov aytishiga qaraganda, ayni damda UAZ vakilari “O‘zavtosanoat” bilan yaqin hamkorlikda, ushbu loyihaning iqtisodiy asoslari o‘rganib chiqishmoqda. O‘zbekistonda UAZning  Patriot, Pickup va Profi modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

“Ehtiyot  qismlar bilan ta’minlash, texnik xizmat ko‘rsatish borasida biz, an’anaviy ravishda, g‘arbiy brendlarga qaraganda mijozga yaqinroqmiz”, — dedi zavod vakili.  

Sotuv rejalari borasida, 2018-yilda UAZ O‘zbekistonda sotilgan avtomobillar sonini 1000taga yetkazmoqchi. 2017-yilda ushbu ko‘rsatgich 400tani tashkil qilgan edi.