O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 16 ta hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-aprel kuni Xorazm viloyatiga keldi. Tashrif dasturida bir qator madaniy tadbirlar o‘rin oldi. Davlat rahbarlarining Urganch tumanidagi "Ulli hovli", Xiva shahridagi "Ichan qal’a" va Nurillaboy tarixiy majmualarni borib ko‘rishdi.
Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan G‘oybu qishlog‘ida o‘zbek-turkman do‘stlik uyi ochildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga O‘zbekiston Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston (TAPI) gaz quvuri qurilishi loyihasida ishtirok etishini ma’lum qildi.