Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga tashrifi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov bu haqda rasman ma’lum qildi
Sputnik

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on 29-aprel kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtiradi, deb xabar qildi Feysbukdagi sahifasida O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov.

Toyib Erdo‘g‘on O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

"Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga 2017-yil oktabrdagi davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqan edi. Davlat rahbarlari telefon orqali bir necha bor suhbatlashib, faol muloqot qilib kelmoqda.

Prezidentimizning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 29-aprel kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi. 30-aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. 1-may kuni Turkiya Prezidentining Buxoroni ziyorat qilishi rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.